» » Qoraqalpog‘istonlik sportchi qizlarga Prezident sovg‘asi topshirildi

Qoraqalpog‘istonlik sportchi qizlarga Prezident sovg‘asi topshirildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan 2 mingdan ortiq o‘quvchi-qizlariga Prezident sovg‘asi – sport liboslari topshirildi, deya xabar beradi O‘zA.

Xabarda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan barpo etilib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan muhtasham sport inshootlari umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘quvchilarining sport bilan muntazam shug‘ullanishi, eng muhimi, har tomonlama sog‘lom ulg‘ayishiga xizmat qilmoqda.

“Prezidentimiz sovg‘asi bizni yangi marralar sari ruhlantiradi. Bizga ko‘rsatilayotgan bunday yuksak e’tibor va ishonchni oqlab, kelgusida O‘zbekistonimiz sharafini xalqaro miqyosda yanada ulug‘lashga hissa qo‘shish asosiy maqsadimizdir”, —  deydi Prezident sovg‘asi bilan taqdirlangan qizlardan biri Oygul Berdaqova.

Qoraqalpog‘istonlik 8 ming 330 nafarga yaqin sportchi qizga Prezident sovg‘alari topshirildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют