» » Surxondaryodagi Baxshichilik festivali uchun tikilgan dunyodagi eng katta so‘zana endi Qo‘qondagi Hunarmandchilik festivalida xizmat qilmoqda

Surxondaryodagi Baxshichilik festivali uchun tikilgan dunyodagi eng katta so‘zana endi Qo‘qondagi Hunarmandchilik festivalida xizmat qilmoqda


Qo‘qondagi xalqaro hunarmandchilik festivalida Surxondaryoda tikilgan dunyodagi eng katta so‘zana namoyish etilmoqda. Bu haqda “Daryo”ning Farg‘onadagi muxbiri xabar berdi.

Qo‘qon shahrida o‘tkazilayotgan birinchi xalqaro hunarmandchilik festivalida surxondaryolik kashtado‘z hunarmand Nilufar Jo‘rayeva tomonidan tayyorlangan dunyodagi eng katta milliy so‘zana namoyish etilmoqda. Ta’kidlanishicha, so‘zananing eni 21, bo‘yi 5,5 metrga teng.

Avvalroq, so‘zananing uzunligi 25, eni esa 6 metrni, og‘irligi 60 kilogrammni tashkil etishi haqida xabar berilgandi.

Mazkur so‘zana Nilufar Jo‘rayeva hamda uning 20 nafar shogirdi tomonidan 6 oy davomida yaratilgan.

So‘zanani surxoncha serjilo naqshlar va yorqin ranglar bilan bezash uchun 16 kilogrammdan ortiq tabiiy usulda bo‘yalgan kalava ip sarflangan.

So‘zanani tikishda vohaga xos bo‘lgan qadimgi kashtachilikning to‘ldirma yo‘nalishidan foydalandik. Uning markazida ta’svirlangan 5 ta gullarning har birining (kashtachilikda oylar deb yuritiladi) aylana deametri 2, atrofidagi kichik 14 ta gullarning har birining diametri 1 metrni tashkil etadi. Viloyatimizda o‘tkaziladigan muhim tadbirda ushbu ishlarimiz o‘rin olganidan va ushbu festivalga biz hunarmand xotin-qizlar ham o‘z hissasizni qo‘shayotganimizdan xursandmiz.

Nilufar Jo‘rayeva, hunarmand 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2019, 10:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют