» » Farg‘onada millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash mavzusida respublika konferensiyasi o‘tkazildi

Farg‘onada millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash mavzusida respublika konferensiyasi o‘tkazildi


Farg‘ona viloyat hokimligi tashabbusi bilan O‘zbekiston musulmonlar idorasining viloyatdagi vakilligi va viloyat oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda “O‘zbekistonda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.

Konferensiya o‘z ishini to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha olib bordi.

Unda konfessiyalararo muloqot va diniy bag‘rikenglikning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi o‘rni, millatlararo totuvlikni ta’minlashda mahallaning roli, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik g‘oyalarini targ‘ib qilishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar samaradorligini oshirish masalalari hamda diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib etish hamda diniy ekstremizmga qarshi kurashda OAVning roli mavzularida muhokamalar o‘tkazildi.

Tadbir davomida Farg‘onada faoliyat ko‘rsatayotgan yahudiy, nemis, slavyan, qirg‘iz, tojik, tatar, koreys milliy madaniy markazlari qoshidagi badiiy jamoalar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 20:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют