» » Farg‘onada aliment to‘lamaslik uchun MIB xodimiga jarohat yetkazgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘onada aliment to‘lamaslik uchun MIB xodimiga jarohat yetkazgan shaxs qo‘lga olindi


Farg‘ona viloyatining Quva tumanida MIB xodimiga jarohat yetkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

MIBning Quva tumani bo‘limi davlat ijrochisi 22 yoshli O‘.T qarzdor 33 yoshli M.X. dan aliment undirish haqidagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida uning yashash xonadoniga borgan. Fuqaro MIB xodimining faoliyatiga faol qarshilik ko‘rsatib, temir jism bilan uning oyog‘iga urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 10-sentabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan M.X. ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 219-moddasi 1-qismi (Xizmat vazifasini bajarayotgan hokimiyat vakilining qonuniy faoliyatiga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga faol qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ma’lumot uchun, ushbu modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs eng kam oylik ish haqining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sentabr oyida Rishtonda aliment to‘lamaslik uchun MIB xodimini kaltaklagan shaxs qo‘lga olingandi. Avgust oyida Qashqadaryoning Koson tumanida yashovchi fuqarolardan biri elektrdan noqonuniy foydalanayotganini aniqlagan MIB xodimlarini kaltaklagan edi. Iyul oyida esa Surxondaryoda elektrdan qarzi tufayli tarmoqdan uzib qo‘yilgan uy egalari ham MIB xodimlarini do‘pposlagandi.

Shuningdek, joriy yilning iyun oyida Farg‘onada 75 ming so‘m qarzdorlikni deb yana bir MIB xodimi kaltaklangan edi. Toshkentlik ayol MIB xodimiga shapaloq tortib, keyin unga tuhmat qilgani ham ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo‘lgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют