» » Kinematograflar Gollivudning eng omadsiz filmini ma’lum qildi

Kinematograflar Gollivudning eng omadsiz filmini ma’lum qildi


Disney studiyasining “Jon Karter” (2012-yil) sarguzasht jangari filmi zamonaviy kinematograf tarixidagi eng omadsiz film deb topildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Endryu Stenton rejissorlik qilgan Mars xalqining ozodligi uchun kurashgan amerikalik harbiy Jon Karter haqidagi ilmiy-fantastik film ijodkorlari bu filmga marketingni qo‘shib hisoblaganda 363,7 million dollardan ortiq pul sarflagan. Ammo jahon prokatida atigi 284 million dollar to‘plagan.

Film ijodkorlari ko‘rilgan zararni kamaytirishga harakat qilgan va turli ushlab qolishlar va hisobdan chiqarishlardan so‘ng moliyaviy yo‘qotishlar 136,6 million dollarni tashkil etgan.

Shu sababli “Jon Karter” filmi butun kino tarixidagi eng omadsiz loyiha bo‘ldi. Bunga qadar 20 yildan ortiq vaqt davomida Renni Harlinning “Kallakesarlar oroli” (1995-yil) filmi shunday hisoblanar edi. Film budjeti 98 million dollarni tashkil etgan, jahon prokatida esa atigi 10 million dollar to‘plagandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют