» » Abdulaziz Komilov Parijda Fransiya taraqqiyot agentligi bosh direktori bilan uchrashdi

Abdulaziz Komilov Parijda Fransiya taraqqiyot agentligi bosh direktori bilan uchrashdi


Fransiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 29-mart kuni Parij shahrida Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) bosh direktori Remi Riu bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda 2016-yil so‘ngida imzolangan O‘zbekistonda Fransiya taraqqiyot agentligi va PROPARCO institutini tashkil etish va uning faoliyati to‘g‘risidagi Hukumatlararo bitim savdo-iqtisodiy va investitsion sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni faollashtirishga xizmat qilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

“FTA delegatsiyasining O‘zbekistonga amalga oshirgan keyingi tashrifi doirasida umumiy qiymati 31,5 million yevroga teng ‘Samarqand viloyatida qattiq maishiy chiqindilardan foydalanish tizimini joriy qilish’ loyihasi Fransiya tomonidan moliyalashtirilishi to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi”, — deyiladi TIV axborotida.

Suhbat davomida FTAning O‘zbekistondagi ijtimoiy muhim qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etishidan ikki tomon ham manfaatdorligi tasdiqlandi.

Avvalroq Abdulaziz Komilov Fransiyaning MEDEF International tashkiloti rahbari bilan uchrashgani haqida xabar berilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют