» » O‘zbekistonda “o‘rta biznes” toifasi joriy etiladi

O‘zbekistonda “o‘rta biznes” toifasi joriy etiladi


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 11-sentabr kuni kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish hamda davlat byudjetiga kafolatlangan tushumlarni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, ko‘plab chet mamlakatlarda biznes subyektlari uchta toifaga — kichik, o‘rta va yirik — bo‘lingan va davlat tomonidan har bir toifaga nisbatan alohida qo‘llab-quvvatlash siyosati olib boriladi. Lekin O‘zbekistonda iqtisodiyot rivojida alohida rol o‘ynaydigan “o‘rta biznes” tushunchasi umuman yo‘q.

Shuni hisobga olib, videoselektorda Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirliklarga o‘rta biznes toifasini joriy etish, kichik, o‘rta, yirik biznes mezonlarini qayta ko‘rib chiqish, ularni alohida mexanizmlar asosida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish bo‘yicha uch oy muddatda aniq takliflarni ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi kamaytiriladi. Prezident Moliya vazirligiga topshiriq berdi, O‘zbekistonda tadbirkorlarga qog‘ozda ko‘rsatilayotgan barcha davlat xizmatlari elektron ko‘rinishga o‘tkaziladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-09-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют