» » AQSh Yaqin Sharq aviaqatnovlariga qo‘ygan taqiqidan so‘ng, Etihad Airways samolyotda planshet tarqata boshladi

AQSh Yaqin Sharq aviaqatnovlariga qo‘ygan taqiqidan so‘ng, Etihad Airways samolyotda planshet tarqata boshladi


Etihad Airways aviakompaniyasi AQSh aviaqatnovlarida o‘z yo‘lovchilariga bepul planshet hamda Wi-Fi taklif qilishni boshladi. Bu haqida “Kommersant” xabar berdi.

Ayni vaqtda bepul planshet hamda Wi-Fi’dan biznes-klass va birinchi klass yo‘lovchilarning barchasi foydalanishi mumkin, shuningdek, talabga ko‘ra salondagi istalgan joyga yetkazib beriladi.

Birlashgan Arab Amirliklarining boshqa bir — Emirates aviakompaniyasi esa AQShga uchayotgan yo‘lovchilarga noutbuk taqdim etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqmoqda.

Emirates prezidenti Tim Klarkning so‘zlariga ko‘ra, aviakompaniya AQShning texnika borasidagi taqiqi uzoq vaqt davom etadigan bo‘lsa, uni yengillashtirishning turli yo‘llarini o‘rganib chiqadi. Bunday choralar taqiq sababli AQSh aviaqatnovlariga bo‘lgan talab kamayib ketsagina qo‘llanilishi mumkin.

Tim Klark AQSh tomoni mazkur taqiqni faqat Yaqin Sharq aviaqatnovlariga qo‘yganini tanqid qildi. Uning fikricha, xavfsizlik uchun qabul qilingan bunday qaror aviaqatnovlarning barcha tarmog‘ida qo‘llanishi kerak.

Avvalroq, Amerika hukumati AQSh hududiga parvozlarni amalga oshiruvchi Yaqin Sharq hamda Shimoliy Afrika mamlakatlarining sakkizta davlatiga samolyot bortida ko‘plab elektron uskunalarni tashishni taqiqlash borasida qaror qabul qilgan edi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют