» » Toshkent hamda Samarqandda “Ozarbayjon kinosi kunlari” o‘tkaziladi 

Toshkent hamda Samarqandda “Ozarbayjon kinosi kunlari” o‘tkaziladi 


21—28-sentabr kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida “Ozarbayjon kinosi kunlari” o‘tkaziladi. Bu haqda “O‘zbekkino” milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda ozarbayjonlik kinoijodkorlardan iborat bir guruh delegatsiya vakillari ishtirok etadi. Kino kunlari doirasida ozarbayjonlik kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan badiiy va hujjatli filmlar namoyishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan 23-sentabr kuni soat 16:00 da Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda tadbirning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Samarqand shahridagi “Sharq yulduzi” kinoteatrida namoyish etiladigan seanslar vaqti:

25-sentabr, chorshanba

15:00 — “Ozarbayjon kinosi kunlari” tadbirining ochilishi marosimi

15:30 — “Boku vaqt ko‘zgusida” hujjatli filmi namoyishi (rejissor Natalya Zavoznenko)

17:00 — “Stepnyak” badiiy filmi namoyishi (rejissyor Shomil Aliyev).

26-sentabr, payshanba

17:00 — “O‘n alloma” hujjatli filmi namoyishi (rejissor Odil Ozoy)

15:30 — “Anorzor” badiiy filmi namoyishi (rejissyor Ilg‘or Najaf).

Qayd etilishicha, barcha seanslarga kirish bepul.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2019, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют