» » Toshkentda ayrim yo‘nalishli taksilarning harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi

Toshkentda ayrim yo‘nalishli taksilarning harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi


2019-yilning 10-sentabridan 18, 43, 72 va 166-yo‘nalishli taksilarning harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.

18-sonli “Qo‘yliq-2” mavzesi va “Do‘stlik” metrosi” AShB oralig‘ida qatnovchi yo‘nalishli taksining oxirgi bekati “Mashinasozlar" metrosidagi AShBgacha uzaytirildi va yo‘nalish 18-sonli “Qo‘yliq-2” mavzesi — “Mashinasozlar” metrosi oralig‘ida qatnovchi taksi yo‘nalishi deb nomlandi.

43-sonli “Humoyun” mavzesi — “Do‘stlik” metrosi AShB yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘nalishli taksining qatnov masofasi qisqardi va uning oxirgi bekati “Mashinasozlar” metrosi yonidagi AShB deb belgilandi.

72-sonli “Aviasozlar” AShB — “Do‘stlik” metrosi AShB oralig‘ida qatnovchi yo‘nalishli taksining oxirgi bekati ham o‘zgardi. Endi u ham “Mashinasozlar” metrosidagi AShBgacha boradi.

66-sonli “Tuzel” mavzesi — “Do‘stlik” metrosi AShB yo‘nalishida qatnovchi yo‘nalishli taksi ham endi “Mashinasozlar” metrosi AShBgacha bo‘lgan oraliqda qatnaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют