» » “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Toshkent—Volgograd yo‘nalishidagi poyezd vagonida vafot etgan yo‘lovchi haqida ma’lumot berdi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Toshkent—Volgograd yo‘nalishidagi poyezd vagonida vafot etgan yo‘lovchi haqida ma’lumot berdi


7-sentabr kuni “Aksarayskiy” (Rossiya) nazorat-o‘tkazish punktidagi chegara tekshiruvi paytida poyezdda yo‘lovchi vafot etgani haqida xabar berilgan edi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’muriyati mazkur holatga izoh beradi.

2019-yilning 7-sentabr kuni Rossiyaning Astraxan viloyati hududida harakatlanayotgan 323-sonli poyezdning 13-vagonida ketayotgan, joriy yil 5-sentabr kuni Nukusdan Volgogradga borish uchun yo‘lga chiqqan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Amudaryo tumanida yashovchi 52 yoshli A.G ismli yo‘lovchi o‘zini yomon his qilgan va tobi qochgan. Vagon kuzatuvchilari darhol tez tibbiy yordam chaqirishgan. Poyezd “Aksarayskiy” (Rossiya) nazorat-o‘tkazish punktiga yetib kelganda yo‘lovchining ahvoli og‘irlashgan va vafot etgan.

Vagon kuzatuvchilari hamda yo‘lovchilarning so‘zlariga qaraganda yo‘l davomida hech qanday zo‘ravonlik yoki qasddan zarar yetkazish holatlari kuzatilmagan. Chegara punktiga kelgan shifokorlarning ma’lumotiga ko‘ra A.G ning vafotiga uning yurak xuruji sabab bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2019, 09:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 64) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют