» » Turkiyada IShID rahbarlaridan biri qo‘lga olindi

Turkiyada IShID rahbarlaridan biri qo‘lga olindi


Turkiya maxsus xizmatlari xodimlari IShID terrorchilik tashkiloti rahbarlaridan birini qo‘lga oldi, deya xabar beradi Anadolu agentligi.

Suriyalik Safvan Gahvat yevropaliklarni IShIDga og‘dirish bilan shug‘ullangan. U Turkiyaning Adana viloyati Saricham tumanida qo‘lga olingan.

Politsiyachilar Gahvat va uning rafiqasi Tarsusdan Istanbul tomon ketayotgan avtobusni to‘xtatgan. Taxminlarga ko‘ra, Gahvat Istanbuldan Yevropaga o‘tishni rejalashtirgan.

Terrorchi politsiya tomonidan so‘roq qilindi, shundan so‘ng sud uni hibsga olish haqida qaror chiqargan. Gahvatning xotini Turkiyadan deportatsiya qilindi.

Hibsga olish vaqtida uning yonidan ichida gumonlanuvchining qurol va pul ko‘tarib tushgan suratlari bilan to‘ldirilgan raqamli axborot tashuvchi qurilma topilgan.

Suratlar turli vaqt va joylarda olingan. Ularning birida Gahvat boshqa bir odamning bo‘yniga pichoq tirab turganini ko‘rish mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют