» » Toshkentdagi Amir Temur ko‘chasining bir qismi metro qurilishi sabab dekabrgacha yopiladi

Toshkentdagi Amir Temur ko‘chasining bir qismi metro qurilishi sabab dekabrgacha yopiladi


Toshkentdagi Amir Temur ko‘chasining Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi joylashgan nuqtasidan Ahmad Donish ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘lning bir tomonga harakatlanish qismi 12-sentabridan dekabr oyigacha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, yo‘lning ushbu qismi Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘nalishi 2-bosqich qurilish ishlari amalga oshirilayotgani munosabati bilan yopiladi.

“Shu yo‘nalishda harakatlanuvchilar vaqtincha qatnov qismining ikkinchi tomonidagi yo‘ldan yurishlari mumkin bo‘ladi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz”, — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, Toshkent metropolitenining “Yunusobod” yo‘nalishidagi yangi ikkita bekat qurilishi 2019-yil oxirigacha yakunlanishini e’lon qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2019, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют