» » Angela Merkel qanday shart bilan iste’foga chiqishini ma’lum qildi

Angela Merkel qanday shart bilan iste’foga chiqishini ma’lum qildi


Germaniya kansleri Angela Merkel ishdagi yon berishlar zarurati uning shaxsini “davomli buzish”ga sabab bo‘lsa, iste’foga chiqishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Merkel bu haqda Germaniyaning sobiq adliya vaziri Sabina Loytxoysserning “Pozitsiya — bu kuch” nomli kitobi taqdimotida aytib o‘tdi.

Savol davlat manfaatlari hamda fuqarolarning shaxsiy erkinligi muammosining muhokamasi ostida berildi.

Germaniya kanslerining nuqtai nazariga ko‘ra, terrorchilik tahdidi xavf solayotgan bir davrda odamlar o‘z xavfsizligi davlat tomonidan ta’minlanishi, shu bilan birga, shaxs erkinligi haqida qayg‘urishi kerak, deb haqli umid qiladi.

Kanslerning so‘zlariga ko‘ra, siyosatchi doim o‘ziga shu savolni berishi kerak: “Murosa izlash yo‘lida qanchalik uzoqqa bora olaman?”. Biroq kansler, o‘zi qayergacha bora olishini aytmay, “hozircha nafaqaga chiqmoqchi emasman”, dedi.

2017-yilning sentabrida Germaniyada parlament saylovlari bo‘lib o‘tadi. Saylov yakunlariga ko‘ra, kansler o‘zgarishi mumkin.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют