» » Yashnobod tumanidagi ko‘zi ojiz bolalar maktab-internatlariga maxsus o‘quv qurollari topshirildi

Yashnobod tumanidagi ko‘zi ojiz bolalar maktab-internatlariga maxsus o‘quv qurollari topshirildi


Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 77-Ko‘zi ojiz bolalar maktab-internatida imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus o‘quv qurollarini (pribor va grifel) topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati.

Yig‘ilishda Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering kompaniyasi menejeri Song Shion, Friedasia kompaniyasi, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati mutaxassislari va imkoniyati cheklangan bolalar maktab-internatlari direktorlari ishtirok etdi.

Tadbirda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlariga Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering kompaniyasi tomonidan 2,77 million Rossiya rubliga teng mablag‘ga sotib olingan maxsus o‘quv qurollari (pribor va grifel) topshirildi.

Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering kompaniyasi O‘zbekistonga shartnoma asosida 3000 dona maxsus o‘quv qurollari (pribor va grifel) yetkazib berdi. Yetkazilgan priborlarning bir qismi — 725 donasi respublika ko‘zi ojizlar maktab-internatlariga topshirilgan. Bugun priborlarning ikkinchi partiyasi topshirildi.

Bugungi kunda xalq ta’limi tizimida jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan jami 86 ta ta’lim muassasasi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ularning 21 tasi maktab, 65 tasi maktab-internatlari bo‘lib, shulardan:

— 14 tasi ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun;

— 18 tasi kar va zaif eshituvchi bolalar uchun;

— 50 tasi aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun;

— 3 tasi tayanch-harakat a’zolari shikastlangan bolalar uchun;

— 1 tasi nutqida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan.

Hozirda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarida 2831 nafar o‘quvchi tahsil oladi. Ularga 823 nafar o‘qituvchi va 606 nafar tarbiyachi ta’lim beradi.

O‘quvchilarga 145 nomdagi darsliklar (“Odobnoma”, “Musiqa”, “Tasviriy san’at”, “Mehnat ta’limi” va “Jismoniy tarbiya” darsliklardan tashqari) Brayl tizimida alohida chop etiladi.

So‘nggi ikki yilda ko‘zi ojiz bolalar uchun jami 30 nomdagi (33 628 nusxa) va 2019—2020-o‘quv yili uchun 10 nomdagi 13 ming 843 nusxa darsliklar chop etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют