» » “Ipak Yo‘li” banki yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan 5 mln AQSh dollarilik shartnoma imzoladi

“Ipak Yo‘li” banki yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan 5 mln AQSh dollarilik shartnoma imzoladi


AITB “Ipak Yo‘li” va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida imzolangan shartnoma O‘zbekistondagi kichik korxonalarga yashil iqtisodiyotni moliyalashtirish mexanizmiga (GEFF) yo‘l ochib, energiya samaradorligini va qayta tiklanadigan energiya manbalariga sarmoya kiritish imkoniyatini yaratdi.

Ushbu mexanizm kichik va xususiy korxonalarga energiya sarfi, issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga mo‘ljallangan texnologiyalarni, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga moslashish va uning ta’sirini kamaytira oladigan texnologiyalarni moliyalashtirish uchun kreditlar ajratadi.

“Ipak Yo‘li” banki GEFF doirasida YeTTBning birinchi sherik bankiga aylandi hamda xususiy kompaniyalarga kredit ajratish uchun o‘zbek so‘mi ekvivalentida 5 million AQSh dollariga teng kredit liniyasini jalb qildi. Kreditlar energiya tejaydigan uskunalar, issiqlik izolyatsiyasi, fotoelektrik quyosh panellari, geotermal issiqlik nasoslari va suvni tejaydigan sug‘orish tizimlari kabi yashil texnologiyalarga investitsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Ushbu kredit liniyasi doirasida loyiha tashabbuskorlariga energiya samardorligi sohasidagi xalqaro ekspertlarning bepul maslahatlari taqdim etiladi, bu esa “Ipak Yo‘li” banki mijozlariga o‘z korxonalarida ilg‘or xalqaro tajribani joriy etishga imkon beradi.

Shuni ham ta’kidlash lozimki, YeTTB kredit liniyasining asosiy afzalliklaridan biri muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalarning tashabbuskorlariga maqbul loyihaning kredit miqdorining 10 dan 20% gacha grant mablag‘lari berilishi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют