» » Shavkat Mirziyoyev QQS stavkasini 5 foizga pasaytirish to‘g‘risida topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev QQS stavkasini 5 foizga pasaytirish to‘g‘risida topshiriq berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 11-sentabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Moliya vazirligiga qo‘shilgan qiymat solig‘ining stavkasini pasaytirish bo‘yicha topshiriq bergani ma’lum bo‘lgan edi.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yig‘ilishda tadbirkorlik subyektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida QQS stavkasini amaldagi 20 foizdan 15 foizgacha tushirish to‘g‘risida Prezident qarori loyihasini kiritish bo‘yicha topshiriq berilgan.

Moliya vazirligi QQS stavkasining 15 foizgacha tushirilishi tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tan olgan holda stavkani 5 foizga kamaytirish davlat budjetiga tushumlarni yiliga taxminan 10 trillion so‘mga yoki yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatan 2 foizga kamayishiga olib kelishini ma’lum qildi.

Vazirlikning yodga solishicha, ayni vaqtda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi loyihasida sotib olingan asosiy vositalar va ko‘chmas mulk bo‘yicha QQS summasini (12—36 oy davomida bir maromda hisobga olishning amaldagi tartibi o‘rniga) bir martalik hisobga olish tartibi ko‘zda tutilgan, shuningdek, hisoblangan soliq miqdori bo‘yicha QQS summasini hisobga olgan holda ortiqcha miqdordagi QQS summasini qaytarish, soliq to‘lovchilarning butun doirasiga (bugungi kunda — faqat eksportchilarga) nisbatan nazarda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 98) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют