» » G‘ofur Rahimov o‘zini AQShning sanksion ro‘yxatidan chiqarishlarini talab qilmoqda

G‘ofur Rahimov o‘zini AQShning sanksion ro‘yxatidan chiqarishlarini talab qilmoqda


O‘zbekistonlik tadbirkor, xalqaro boks federatsiyasi sobiq rahbari G‘ofur Rahimov o‘zini AQShning sanksion ro‘yxatiga kiritilishini noqonuniy deb topilishini talab qilmoqda, deb xabar beradi Sputnik.

Rahimov AQSh moliya vazirligi xorijiy aktivlar ustidan nazorat qilish bo‘yicha ofisi ustidan sudga arz qilgan.

Sobiq sovet ittifoqidan kelgan muhojirlarning jinoiy tashkiloti — “Qardoshlar doirasi” yoki “Birodarlar” faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinganligi sababli tadbirkor 2012-yilda sanksion ro‘yxatga kiritilgan edi.

Biroq, AQSh moliya vazirligi 2017-yilda ayblovni o‘zgartirdi hamda Rahimovni jinoiy avtoritetlarni qo‘llab-quvvatlaganlikda aybladi. Ayblov ortidan Rahimovning AQSh o‘z yurisdiksiyasidan topishi mumkin bo‘lgan barcha mol-mulki muzlatilgan.

“OFAC’ning ro‘yxatida qariyb sakkiz yildan beri bo‘lish Rahimovga moliyaviy zarar keltirmoqda, uning obro‘yiga ta’sir ko‘rsatmoqda”, — deyiladi da’vo arizasida.

U 2018-yildan beri OFAC’dan sanksiyalar yuzasidan qarorni asoslovchi hujjatni olishga muvaffaqiyatsiz urinib kelmoqda.

Da’voda aytilishicha, Rahimov uning sanksiyaga kiritilishi qayta ko‘rib chiqilishiga asos bo‘luvchi muhim ma’lumotlar va yuridik xulosalarni taqdim etgan. Biroq, bu so‘rov bo‘yicha to‘liq javob ololmagan.

Rahimovning advokatlari moliya vazirligining bunday harakatlari AQSh qonunlari va da’vogar huquqlariga zidligini ta’kidlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, G‘ofur Rahimov joriy yilning iyul oyida AIBA rahbarligidan butunlay ketgani, uning o‘rniga Muhammad Mustasan Xalqaro boks assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (12-09-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют