» » Tadbirkor Yakkasaroy tumaniga hokim etib tayinlandi

Tadbirkor Yakkasaroy tumaniga hokim etib tayinlandi


Yakkasaroy tumaniga hokim tayinlandi, deya xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.

Xabar berishlaricha, xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Anvar Sayfutdinov poytaxtning Yakkasaroy tumaniga hokim etib tayinlangan.

U 2004-yildan hozirgi vaqtgacha “Navro‘z-FT” kompaniyasi, Sanico Trading xususiy korxonasi, Shinkonrakttorg shu’ba korxonasi va Sanico Group kompaniyasida rahbarlik lavozimlarida ishlagani aytilmoqda.

“Anvar Sayfutdinovni tabriklaymiz va Yakkasaroy tumani hokimi sifatidagi faoliyatida yutuqlarga erishishiga umid qilamiz”, — deya tilak bildirilgan poytaxt hokimligi axborotida.

Avvalroq Yakkasaroyning avvalgi hokimi Baxtiyor Shomurotov poytaxtning boshqa — Sergeli tumaniga hokim etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi. Sergelining avvalgi hokimi Nozim Husanov esa O‘zbekiston bandlik va mehnat munosabatlari vaziri etib tayinlanishi kutilmoqda — uning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2019, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют