» » Senat O‘zbekiston parklaridagi yuqori texnologik attraksionlarda xavfsizlik masalalari haqidagi parlament so‘rovini Abdulla Aripovga yubordi

Senat O‘zbekiston parklaridagi yuqori texnologik attraksionlarda xavfsizlik masalalari haqidagi parlament so‘rovini Abdulla Aripovga yubordi


29-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Senatorlar “Mamlakat istirohat bog‘lari, shuningdek, boshqa ko‘ngilochar maskanlarida o‘rnatilgan yuqori texnologiyali attraksionlardan foydalanuvchilar xavfsizligini ta’minlash borasidagi davlat nazoratining holati to‘g‘risida”gi parlament so‘rovini ko‘rib chiqib, uni O‘zbekiston bosh vaziriga yuborish haqida qaror qabul qildi.

“Yalpi majlisda Senat vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Barcha ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Senat yalpi majlisi davomida 21 ta masala, shuningdek, sud-huquq tizimini izchil isloh qilishga, fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilishga, bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 9 ta qonun ko‘rib chiqildi. Shuning bilan Oliy Majlis Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют