» » Taglik almashtiradigan mashina, o‘limning oldini oladigan pitssa va bosh qashishning foydasi: Shnobel mukofotlari o‘z egalariga topshirildi

Taglik almashtiradigan mashina, o‘limning oldini oladigan pitssa va bosh qashishning foydasi: Shnobel mukofotlari o‘z egalariga topshirildi


AQShda eng bema’ni ilmiy yutuqlar va nostandart g‘oyalar uchun beriladigan Shnobel mukofotlari (Ig Nobel Prize) o‘z egalariga topshirildi. Laureatlar orasidan tagliklarni almashtirishga mo‘ljallangan mashina ixtirochisi, hayvonlarni dressirovka qilishning ayrim usullari shifokorlarni o‘qitishga yordam berishini aniqlagan olimlar o‘rin oldi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Mukofot Annals of Improbable Research jurnali tomonidan “avvaliga insonni kulishga, so‘ng o‘ylashga majbur qiladigan” ilmiy tadiqiqotlar uchun topshiriladi. Mukofotni qo‘lga kiritgan ko‘plab tadqiqotchilarning ishlari bir qarashda bema’nidek tuyulsa ham, ularning aksariyati ilmiy qiymatga ega.

Qurilmadan chiqadigan turi ovozlar yordamida hayvonlarni dressirovka qilish texnologiyasi jarrohlarning ham mashg‘ulot bilan shug‘ullanishida yaxshi foyda berishini aniqlagan uch nafar olim mukofotga loyiq topildi.

Niderlandiyalik va turkiyalik olimlar esa dunyodagi eng iflos pullar qaysi ekanligini aniqlagani uchun mukofotni qo‘lga kiritdi. Aniqlanishicha, Ruminiya markaziy bankining banknotalarida dori-darmonlarga chidamli bakteriyalar ko‘p. Ular, hatto Amerika va Kanada dollari, shuningdek, hind rupiyasidan ham iflosroq ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Eronlik olim Imon Farahbaxsh bolalarning tagliklarini almashtiruvchi mashina uchun mukofotga loyiq ko‘rildi. Apparat AQShda patentlangan.

Kimyo sohasidagi mukofot besh yoshli bolakay kun davomida qancha so‘lak ajratishini baholagan yaponiyalik olimga nasib etdi.

Psixologiya sohasidagi mukofot esa germaniyalik Frits Strakka topshirildi. U og‘izga ruchkani solib o‘tirish insonni kulishga majbur etishini va bu orqali u baxtliroq bo‘lishini, biroq keyinroq aslida bunday emasligini aniqlagan.

Tibbiyot sohasidagi mukofot Italiyada pishirilgan va shu yerda iste’mol qilingan pitssa kasalliklar yoki o‘lim xavfini kamaytirishi g‘oyasini ilgari surgan Silvano Gallusga nasib etdi.

Anatomiya sohasidagi mukofot 12 yil oldin fransuz pochtachilarining kiyingan va yechingan kiyimlaridagi harorat farqlarini o‘lchagan Rojer Myusse va Burras Bengudifga berildi.

Tinchlik bo‘yicha mukofot boshni qashlaganda sodir bo‘ladigan yoqimli hislarni o‘lchovchi shkalani o‘rnatgan bir nechta olimga topshirildi.

Mukofotlar haqiqiy Nobel laureatlari tomonidan topshiriladi — joriy yilgi marosimda ular to‘rt kishini tashkil etdi. G‘oliblarga giperinflyatsiya vaqtida chiqarilgan 10 trillion Zimbabve dollarining banknotasi topshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2019, 15:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 86) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют