» » Istanbuldagi restoranlardan birida robot ofitsiantlar paydo bo‘ldi (video)

Istanbuldagi restoranlardan birida robot ofitsiantlar paydo bo‘ldi (video)


Turkiyaning Istanbul shahridagi Atako‘y tumanida ofitsiantlar o‘rniga robotlar xizmat ko‘rsatmoqda. “RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda restoran direktori Mujahid Kushman ma’lum qilgan.

“Restoran mijozlariga xizmat ko‘rsatish uchun robotlarni joriy etish g‘oyasini birinchi bo‘lib mijozlarimizdan biri bo‘lgan professor taklif qilgan. Biz bu g‘oyani ro‘yobga chiqardik. Shuningdek, robotlarni o‘zimizga brend qildik va mualliflik huquqini rasmiylashtirdik. Hozir bizda xorijdan buyurtma qilingan va turkiyalik muhandislar dasturlagan 3 ta robot bor”, — degan restoran direktori.

Uning aytishicha, robotlar allaqachon restoranga ko‘plab mijozlarni jalb qilmoqda. “Ko‘pchilik buning qanday amalga oshirilishini ko‘rish uchungina kelmoqda. Robotlar qaysi stolga borish kerakligini biladi va gapira oladi. Ishonchim komilki, kelajakda robotlar ofitsiantlar o‘rnini bosadi. Texnologiya rivojlanishi bilan bu kasbga bo‘lgan talab kamayib boradi”, — deb ta’kidlagan Kushman.

Shuningdek, robotlarning hech qanday tashabbus ko‘rsatmasdan, aytilgan vazifani so‘zsiz bajarishi hammaga yoqayotganini qo‘shimcha qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют