» » Shavkat Mirziyoyev Ozbekipaksanoatni tashkil etish haqidagi qarorni imzoladi. Maqsad yiliga kamida 35 ming tonna pilla yetishtirish

Shavkat Mirziyoyev Ozbekipaksanoatni tashkil etish haqidagi qarorni imzoladi. Maqsad yiliga kamida 35 ming tonna pilla yetishtirish


Ozbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni Ozbekipaksanoat uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari togrisidagi qarorni imzoladi. Qaror matni va sharhi OzA tomonidan elon qilindi.

Qarorga muvofiq tijorat banklari ishtirokida tasis etiladigan, oziga malum xojalik zonalari biriktiriladigan, hududlarda pillachilik tarmogi korxonalari faoliyatini muvofiqlashtiradigan beshta mintaqaviy jamiyatdan iborat Ozbekipaksanoat uyushmasi tashkil etilmoqda.

Shu bilan bir qatorda hududiy va tuman Agropilla korxonalarini tashkil etish, ular zimmasiga sifatli ipak qurti urugini pillachilik bilan shugullanuvchi kasanachilar va tashkilotlarga tarqatish, ipak qurtini parvarishlash va pilla yetishtirish boyicha konsultatsiya xizmatlari korsatish, pilla yetishtirish jarayonini monitoring qilish, pillani yigish va tayyorlashni amalga oshirish kabi vazifalarni yuklash kozda tutilmoqda.

Ozbekipaksanoat uyushmasi faoliyatining asosiy vazifa va yonalishlari sifatida tarmoq ozuqa bazasini mustahkamlash uchun sugoriladigan yer maydonlarini taqdim etish boyicha tegishli mahalliy davlat boshqaruvi va ijro hokimiyati organlari bilan samarali hamkorlikni taminlash, tut plantatsiyalari qoshida va tut oralarida ikkilamchi faoliyatni, jumladan, sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilikni yolga qoyish hamda yetishtirilgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorda sotish belgilangan.

Qarorda sifatli ipak qurti urugi va pilla xomashyosi yetishtirish, unga birlamchi ishlov berish, ipak ishlab chiqarishning mavjud quvvatlarini modernizatsiya qilish orqali pillani chuqur qayta ishlashni yolga qoyish, pillachilik tarmogini rivojlantirishga doir dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, tizimli yagona ilmiy-texnik, texnologik, investitsiyaviy va eksport siyosatini izchil amalga oshirish, sohani har tomonlama qollab-quvvatlash va meyoriy-huquqiy bazani takomillashtirish masalalariga alohida etibor qaratilgan.

20172021-yillarda pillachilik tarmogini kompleks rivojlantirish boyicha dasturiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadida qarorga muvofiq pillaga birlamchi ishlov berish tizimini takomillashtirish, sifat menejmentining zamonaviy usullari, tayyor mahsulotning xaridorgir turlari va dizaynini keng joriy etish, uni xalqaro talablarga muvofiq sertifikatlashtirish va standartlashtirish, oliy talim muassasalarida pillachilik tarmogi uchun kadrlar tayyorlash boyicha takliflar ishlab chiqish uchun Ishchi guruh tuzildi.

Qarorda pillachilik sohasi korxonalarini moliyaviy qollab-quvvatlash, modernizatsiya qilish, ozuqa bazasini va pilla yetishtirishni kopaytirish, pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni keng yolga qoyish maqsadida 2023-yil 1-yanvargacha korxonalar yagona soliq, yagona ijtimoiy tolov va bojxona tolovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigimlaridan tashqari)dan ozod qilinishi, kasanachilarning jismoniy shaxslarga hisoblanadigan daromad soligidan ozod qilinishi, shuningdek, pilla boquvchilar va kasanachilarning pilla mavsumidagi davrda bajargan ishlari ularga pensiya taminlashda bir yillik ish staji deb hisoblanishi alohida belgilab qoyilgan.

Ushbu imtiyozlar bir tomondan pillachilik sohasi, ipak qurti urugi va pilla yetishtiruvchilar, ikkinchi tomondan pillani qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish sanoati uchun katta imkoniyat va qulayliklar yaratib beradi. Pilla yetishtirish bilan band aholining moddiy manfaatdorligi kuchayadi.

Qarorda kozda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi pillachilik tarmogining barcha jihatlarini qamrab oladigan hamda uning jadal rivojlanishini taminlaydigan yaxlit boshqaruv tizimini yaratish imkonini beradi.

Ozuqa bazasining mustahkamlanishi va kengayishi, pilla yetishtirish majmualarining bevosita tutzorlar yaqinida barpo etilishi, 2 barobar kop hosil beradigan, ozuqa qiymati yuqori va sovuqqa chidamli tut kochatlarining olib kelinishi pilla yetishtirish hajmlarini hozirgi 26 ming tonnadan 35 ming tonnaga (135 foizga) oshirish hamda yuqori qoshimcha qiymatga ega mahsulotlar, shu jumladan, shoyi gazlamalar va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qiladi.

Yuqorida korsatilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 2021-yilga borib umumiy yetishtirilgan pilla hajmida pillani qayta ishlash ulushi 50 foizgacha oshiriladi, yangi ish orinlari yaratiladi, mahsulot eksporti hisobidan valyuta mablaglari tushumi ortadi.

Daryoning Telegramdagi rasmiy kanali @toshqindaryoga azo boling!

: admin (29-03-2017, 22:43)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
:
-
:
20 ... -