» » Sarvar Boboxo‘jayev Prezident maktablari agentligi direktori, Nozima Fayziboyeva uning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

Sarvar Boboxo‘jayev Prezident maktablari agentligi direktori, Nozima Fayziboyeva uning birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi


Shu kungacha O‘zbekiston xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Sarvar Boboxo‘jayev Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqdagi tegishli qaror Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 11-sentabr kuni imzolangani “Daryo”ning hukumatdagi manbasi tomonidan tasdiqlandi.

O‘z navbatida, Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabariga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasining 13-sentabrdagi qarori bilan Nozima Fayziboyeva Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi davlat rahbarining 9-sentabrdagi farmoni bilan tashkil etilgan. 10-sentabr kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkentda ochilgan ilk Prezident maktabiga tashrif buyurgan edi.

Mavzuga doir: Toshkentda ishga tushgan ilk Prezident maktabidan fotoreportaj



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 129) ( 0) ( 128) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют