» » Yetarli darajada va vaqtida rag‘batlantirilmayotgan pillakor: O‘zbekiston pillachiligida yana qanday muammolar bor?

Yetarli darajada va vaqtida rag‘batlantirilmayotgan pillakor: O‘zbekiston pillachiligida yana qanday muammolar bor?


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29-mart kuni “‘O‘zbekipaksanoat’ uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. O‘zA tomonidan e’lon qilingan qaror sharhida ushbu hujjatni qabul qilishga sabab bo‘lgan omillar — O‘zbekiston pillachilik sohasida yuzaga kelgan muammolar haqida atroflicha ma’lumot berilgan.

“Bugungi kunda mavjud 80 million tup tut qatorlari va 51 ming gektar maydondagi tutzorlardagi mavjud ozuqa bazasi hisobiga yiliga 450 ming qutidan ortiq ipak qurti parvarishlanib, 26 ming tonna pilla yetishtirilmoqda. Shu bilan bir qatorda, kimyo sanoatining jadal rivojlanishi, sun’iy va sintetik tola ishlab chiqarish hajmlarining ortishi jahon bozorida tabiiy ipak mahsulotlariga bo‘lgan talabning pasayishiga olib keldi”, — deyiladi qaror sharhida.

Tahliliy natijalar bugungi kunda ipak qurti urug‘i yetishtirishga ixtisoslashgan mahalliy korxonalarda ishlab chiqarish texnologiyalarining eskirganligi va modernizatsiya qilinmaganligini ko‘rsatmoqda. Sohaga tizimli yondashuv va muvofiqlashtirishning yetarli darajada emasligi oqibatida mazkur korxonalar O‘zbekistondagi ipak qurti urug‘iga bo‘lgan talabni to‘liq ta’minlamayapti.

Vujudga kelgan ipak qurti urug‘i yetishmovchiligi o‘rnini qoplash uchun har yili 230—250 ming quti ipak qurti O‘zbekistonga import qilinmoqda va bu tarmoq korxonalari ehtiyojining 50 foizini tashkil etmoqda.

Mavjud tutzorlardan foydalanish, ularni saqlab qolish va O‘zbekistonning tabiiy-iqlim sharoitlariga mos keladigan, ozuqa qiymati yuqori bo‘lgan tut ko‘chatlarini ekish talab darajasida tashkil etilmaganligi, tut plantatsiyalarida tegishli agrotexnik tadbirlarning amalga oshirilmasligi tutzorlardagi, dala va yo‘l chetlaridagi tut tup sonlari va hosildorligining yil sayin pasayib borishiga sabab bo‘lmoqda.

Bundan tashqari, hududlarda ipak qurtining aholi xonadonlarida boqilishi bir qator noqulayliklar tug‘dirib, mavsumdan keyin pilla boqilgan xonalarni ta’mirlash aholi uchun sezilarli darajada moliyaviy xarajatlarni talab qiladi. Xonadonlarda pilla boqish uchun zarur sharoitlarning yetarli emasligi ham yuqori sifatli va kutilgan pilla hosilini olish imkonini bermaydi.

Shuningdek, pillakorlarning yetarli darajada va o‘z vaqtida moddiy rag‘batlantirilmasligi ularning pilla boqishga bo‘lgan qiziqishini so‘ndirmoqda.

Pillani qabul qilish va unga birlamchi ishlov berish ishlari hanuzgacha ma’naviy eskirgan va katta xarajat talab qiladigan uskunalar bilan jihozlangan tuman “Pilla” korxonalari tomonidan amalga oshirilmoqda. Ularga yetarli miqdorda xo‘jaliklar biriktirilmagani oqibatida ipak qurti urug‘ini ishlab chiqarish korxonalari naslli pilla bilan to‘liq hajmda ta’minlanmayapti.

Pilla xomashyosi yetarli hajmda ishlab chiqarilmayotganligi aksariyat pillani qayta ishlash va ipakchilik korxonalarining to‘liq quvvat bilan ishlamasdan, yiliga 4-5 oylab faoliyatini to‘xtatib qo‘yishiga olib kelmoqda.

“Bugungi kunda tarmoq nufuzini oshirish uchun ozuqa bazasini jadal rivojlantirish, sifatli ipak qurti urug‘i yetishtirish tizimini keng yo‘lga qo‘yish, sanoatbop pilla xomashyosini yetishtirish va pillani qayta ishlash korxonalarining to‘liq quvvat bilan ishlashini ta’minlash barobarida tayyor raqobatbardosh mahsulot bilan jahon bozoriga chiqish va sohaning eksport imkoniyatini tubdan yaxshilash bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurati paydo bo‘lmoqda”, — deyiladi qaror sharhida.

Tarmoqda mavjud muammolarni hal qilish maqsadida O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekipaksanoat”ni tashkil etish haqidagi qarorni imzoladi. Maqsad — yiliga kamida 35 ming tonna pilla yetishtirish

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют