» » Skyworth va Artel kompaniyalari hamkorlikda televizor ishlab chiqarmoqda

Skyworth va Artel kompaniyalari hamkorlikda televizor ishlab chiqarmoqda


Artel kompaniyasi Skyworth texnologiyalari bo‘yicha televizor ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. “Uzeltexsanoat” ikki yirik korxona orasidagi hamkorlikni uyushtirdi.

Artel – O‘rta Osiyodagi eng yirik maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Kompaniya mahsulotlari nafaqat yurtimiz bozorlarida, balki MDH davlatlarida ham ist’emolchilar hurmatiga sazovor bo‘lgan. Artel zavodlari bugungi kunda eng zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari bilan jihozlangan. Zavodlarda o‘rnatilgan uskunalarning ayrimlari esa dunyoda analoglarga ega emas. Alohida ta’kidlash joizki, Artel xalqaro taniqlikka ega bo‘lgan Samsung kompaniyasi bilan ko‘p yillardan beri hamkorlik qiladi. Bularni hisobga olgan holda aytish mumkinki, Artel kompaniyasi dunyoning eng yirik kompaniyalari bilan ham bemalol birgalikda ish yuritishga qodir.

Skyworth kompaniyasi maishiy texnika ishlab chiqaruvchi dunyoning 5 ta yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Xitoy bozorlarida esa Skyworth korxonasi premium turiga tegishli bo‘lgan LED-OLED televizorlarini sotish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi. Skyworth kompaniyasi eng zamonaviy texnologiyalarni ishlatgan holda sifatli maishiy texnika ishlab chiqaradi. Kompaniya ko‘plab patentlarga ega va ushbu sohalar bo‘yicha maishiy texnika industriyasida birinchi o‘rinni egallaydi:

- 4K televizorlar, oddiy televizorlar va raqamli pristavkalar ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoyning yetakchi kompaniyasi;

- yil davomida eng ko‘p patentlarga ega bo‘lgan korxona.

Aytish lozimki, yangi Artel televizorlari premium klassidagi televizorlar bilan bir xil texnik xarakteristikalarga ega bo‘lsada, ammo ularga qaraganda ancha arzonroq.

Alohida ta’kidlash lozimki, Artel kompaniyasi Google bilan hamkorlik qiladi. Ushbu hamkorlik taniqli kompaniya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish yuritishga va Artel televizorlariga bugungi kunda eng zamonaviy bo‘lgan Android TV 9.0 operatsion tizimini o‘rnatishga keng imkoniyatlar yaratadi. Muhim yangiliklardan yana biri, 2019-yil oxirigacha Artel kompaniyasi ishlab chiqarayotgan barcha Smart modelidagi televizorlarga yangi operatsion tizimni tatbiq etishni rejalashtirgan.

Yangi Artel televizorlari barcha zamonaviy standartlarga to‘liq javob beradi. Dunyoning yetakchi kompaniyalari bilan hamkorlik esa yurtimiz aholosigi qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют