» » Toshkent viloyatida ko‘chma fotoradarlar soni ko‘paytirildi (foto)

Toshkent viloyatida ko‘chma fotoradarlar soni ko‘paytirildi (foto)


Toshkent viloyatida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida ko‘chma fotoradarlar soni ko‘paytirildi. Bu haqda Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot bo‘linmasi “Daryo”ga xabar berdi.

Toshkent viloyati IIBB Yo‘l xarakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan M39 “Olmaota—Bishkek—Toshkent—Termiz” (Toshkent shahri va respublikaning 8 viloyatini va Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi yo‘l) avtomobil yo‘li, A373 “Toshkent—O‘sh” (Toshkent shahri va vodiy viloyatlarini bog‘lovchi yo‘l) avtomobil yo‘li va 4R12 “Bektemir—Chirchiq—G‘azalkent—Chorbog‘” (Toshkent shahri va Bo‘stonliq tumanlarini bog‘lovchi yo‘l) avtomobil yo‘li, 4R2 “Toshkent shahri—To‘ytepa shahri—A373 avtoyo‘li” ( Toshkent va Nurafshon shaharlarini bog‘lovchi yo‘l) va asosiy og‘ir yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘ladigan 4R20 “Qorasuv—Bo‘ka—Bekobod” (Toshkent shahri va Bekobod shaharlarini bog‘lovchi yo‘l) avtomobil yo‘llarida onlayn rejimda ishlovchi 8 ta ko‘chma fotoradar — xalq tili bilan aytganda “Uch oyoqli radar” sutkaning 24 soati mobaynida o‘rnatilib ishlatilmoqda.

Ushbu fotoradarlar bir sutka mobaynida 4000 dan ortiq tezlikni me’yoridan oshirish holatlarini aniqlab, qoidabuzarlik to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “O‘zbekiston pochtasi” orqali qoidabuzarlikni sodir etgan haydovchi yoki yuridik shaxsning manziliga yetkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2019, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют