» » Yaponiya va Mo‘g‘uliston KXDRni yadro dasturidan voz kechishi uchun birgalikda undashga kelishib oldi

Yaponiya va Mo‘g‘uliston KXDRni yadro dasturidan voz kechishi uchun birgalikda undashga kelishib oldi


Yaponiya va Mo‘g‘uliston tezlik bilan rivojlanayotgan raketa-yadro dasturidan voz kechishi uchun Pxenyanga birgalikda ta’sir ko‘rsatishga kelishib oldi. Bu haqda Tokioda bo‘lib o‘tgan ikki mamlakat tashqi ishlar vazirlari — Fumio Kisida va Sendiyn Munx-Orgil muzokaralari yakuniga ko‘ra Yaponiya TIV tomonidan tarqatilgan rasmiy xabarda ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.

“Mo‘g‘uliston KXDRni BMT Xavfsizlik kengashining ballistik raketalar va yadroviy ishlanmalarni qo‘llashni taqiqlovchi rezolyutsiyasini to‘liq bajarishga undashga tayyor ekanligini ma’lum qildi”, — deyiladi hujjatda.

Ulan-Bator Pxenyan bilan diplomatik aloqalar va u bilan muloqotning o‘z kanallariga ega. Jumladan, Mo‘g‘uliston poytaxti avval ham bir necha marta KXDR va Yaponiya vakillari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazish joyi bo‘lgan. Muzokaralar, jumladan, o‘tgan asrning 70—80-yillarida Shimoliy Koreya maxsus xizmatlari tomonidan o‘g‘irlab ketilgan Yaponiya fuqarolariga aloqador edi.

Muzokaralarda Tokio Mo‘g‘uliston iqtisodiyotini qayta qurish uchun imtiyozli shartlarda moliyaviy yordam ko‘rsatishga so‘z berdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 22:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют