» » Toshkentda fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga jo‘nataman deb aldaganlarga qarshi jinoyat ishlari ochildi

Toshkentda fuqarolarni Janubiy Koreyaga ishga jo‘nataman deb aldaganlarga qarshi jinoyat ishlari ochildi


Toshkent shahrida 2018-yilning 1-oktabr kuni 28 yoshli Azizjon T. va 39 yoshli Dilmurod K. boshqa uch kishi — 39 yoshli Laziz D., 36 yoshli Asliddin S. va 27 yoshli Oybek K.ga ularni Janubiy Koreyaga ishga yuborishda yordam ko‘rsatishga va’da bergan.

“Ko‘rsatiladigan ‘xizmat’ uchun Azizjon va Dilmurod uch jabrlanuvchidan jami 48 ming dollar pul olgan, lekin bergan va’dasini bajarmay, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborgan”, — deya xabar bermoqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Xabar berishlaricha, ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Toshkent shahrida yashovchi 37 yoshli Ibrohimjon J.ga nisbatan ham xuddi shu modda bo‘yicha ish ochilgan.

U ham 2019-yil 5-fevral kuni 25 yoshli Dilshod Sh.ga uni Janubiy Koreyaga jo‘natib, ishga kiritishni va’da bergan. Shu va’da bilan jabrlanuvchidan 4 ming dollar va 12 million so‘m pul olgan, biroq bergan va’dasini bajarmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют