» » Superliga. “So‘g‘diyona” “Andijon”ni yuta olmadi, “Surxon” esa safarda “Buxoro”dan ustun keldi

Superliga. “So‘g‘diyona” “Andijon”ni yuta olmadi, “Surxon” esa safarda “Buxoro”dan ustun keldi


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 19-turi doirasida 13-sentabr, juma kuni dastlabki 2 ta o‘yin yakuniga yetdi.

“Andijon” klubi o‘z maydonida Jizzaxning “So‘g‘diyona”sini qabul qildi.

Uchrashuv davomida darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.

Mazkur bahsdan so‘ng andijonliklar 17 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 10-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, jizzaxliklar 31 ochko bilan 4-pog‘onani egallab turibdi.

Shu kuni Termizning “Surxon” jamoasi “Buxoro” maydoniga safar qildi.

O‘yinning 46-daqiqasida “Surxon” klubi hujumchisi Shohnazar Norbekov hisobni ochgan bo‘lsa, 90+6-daqiqada yarim himoyachi Abdulaziz Yusupov hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

Shu tariqa o‘yin 2:0 ko‘rinishida Termiz klubi foydasiga yakunlandi.

Qayd etish joiz, ushbu g‘alabadan so‘ng “Surxon” ochkolari sonini 28 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Buxoro” esa 15 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.

Superliga

19-tur bahslari

13-sentabr, juma

Gollar: 0:1 — 46 Shohnazar Norbekov, 0:2 — 90+6 Abdulaziz Yusupov

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (13-09-2019, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 23) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют