» » Hafta oxirida haroratning pasayishi kutilmoqda

Hafta oxirida haroratning pasayishi kutilmoqda


Kelayotgan dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga navbatdagi salqin havo oqimlari kirib keladi. Bu haqda “O‘zgidromet” matbuot xizmati xabar berdi.

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston hududi bo‘ylab quruq ob-havo kuzatildi, harorat ko‘tarilsa-da, yilning shu vaqti uchun xos bo‘lgan me’yoriy ko‘rsatkichlardan 3—5 darajaga past bo‘ldi.

Kelayotgan dam olish kunlari respublika hududiga navbatdagi salqin havo oqimi kirib keladi. Bulutlar ko‘payib, ayrim joylarda shamolning tezligi kuchayishi mumkin.

14-sentabr kuni kechga borib Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysining ayrim joylariga biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 15-sentabrda Toshkent va Farg‘ona viloyatlarining ayrim joylariga yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Hafta oxiriga kelib harorat pasayadi.

Kelasi haftaning boshida yana yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 12—15 daraja, kunduzi 24—27 daraja bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют