» » Yaralangan buqa matadorga og‘ir jarohat oldi (video)

Yaralangan buqa matadorga og‘ir jarohat oldi (video)


Madrid shahrida o‘tkazilgan korrida vaqtida jarohatlangan buqa raqibiga jiddiy jarohat yetkazdi. Matador shifoxonada og‘ir ahvolda yotibdi, deb xabar bermoqda National Geographic.

Madrid shahridagi La Plaza de Toros de Las Ventas arenasida 26-mart kuni korrida mavsumi boshlandi. Birinchi shoulardan biri 40 soniyadan so‘ng yakunlandi: jarohatlangan buqa Pablo Akuado ismli matadorni shoxi bilan ko‘tarib, uni uloqtirib yubordi.

Matador yerga qulagach, buqa uning ustidan yurib o‘tdi. Yordamchilar jabrlangan matadorni zudlik bilan arenadan olib chiqdi. Ayni vaqtda shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda.

Pablo shifoxonada bosh jarohati bilan og‘ir ahvolda bo‘lib turibdi. Buqa yetkazgan jarohat chuqurligi 15 santimetrga yetadi. Shifokorlar hozircha hech qanday taxmin qilmayapti. Buqaning taqdiri haqida ham hech qanday ma’lumot yo‘q.

Pablo Akuado jarohat olganiga qaramay, shou davom ettirildi va qolgan matadorlar muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют