» » Nodir Murodov Jismoniy tarbiya va sport vazirining yangi o‘rinbosari bo‘ldi

Nodir Murodov Jismoniy tarbiya va sport vazirining yangi o‘rinbosari bo‘ldi


O‘zbekiston Prezidenti qarori bilan Nodir Murodov Jismoniy tarbiya va sport vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Vazirlik matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, ushbu lavozim shu kungacha vakant edi.

Nodir Murodov oliy ma’lumotga ega, Guliston davlat universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Iqtisodchi, xalqaro iqtisodiy munosabatlar magistri mutaxassisligiga ega.

Nodir Murodov mehnat faoliyatini Boyovut tumanidagi “Murod” fermer xo‘jaligida ish yurituvchi lavozimidan boshlab, so‘ngra Respublika ta’lim markazi hamda Xalq ta’limi vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.

2019-yildan Moliya vazirligining Davlat xaridlarini tartibga solish va monitoring boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Davlat xaridlarini boshqarish metodologiyasi bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют