» » Namanganda viloyatlarda ilk bor buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi

Namanganda viloyatlarda ilk bor buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi


Namanganda bo‘lib o‘tayotgan tibbiyot bo‘yicha xalqaro forum doirasida viloyat kardiologiya markazida ilk bor bemorga buyrak ko‘chirib o‘tkazildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Akademik Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy markazi bo‘lim boshlig‘i, tibbiyot fanlari doktori, professor Fazliddin Bahriddinov murakkab jarrohlik amaliyotini shogirdlari bilan birgalikda amalga oshirdi.

Operatsiya qariyb 2,5 soat davom etdi. Namangan shahrida yashovchi 37 yoshli Barno Musaboyevaga donor — otasi Sobirjon Musaboyevning bir buyragi transplantatsiya qilindi. Ularning holati qoniqarli ekanligi aytilmoqda.

— Bemorning ruhan tetikligi, sog‘lom kayfiyati va yashashga bo‘lgan umidi transplantatsiya muvaffaqiyatli yakunlanishida asosiy omil bo‘ldi, — deydi taniqli jarroh Fazliddin Bahriddinov.

Qayd etilishicha, hozirgacha bunday jarrohlik amaliyoti faqat xorijda va Toshkentda bajarib kelingan, viloyatlarda qo‘l urilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют