» » “Milan” va “Inter” klublari Milan merining taklifini rad etdi. Ular yangi stadion quradi

“Milan” va “Inter” klublari Milan merining taklifini rad etdi. Ular yangi stadion quradi


“Milan” va “Inter” jamoalari “San-Siro” stadionini sotib olish niyatida emas hamda yangi o‘yingoh qurishni reja qilmoqda, deya xabar qilmoqda Football Italia.

Avvalroq Milan meri Juzeppe Sala klublarga stadionni 70 million yevroga sotib olishni taklif qilgani xabar berilgandi. Ushbu taklif Milan klublarini qoniqtirmagan, ular “San-Siro”dan uzoq bo‘lmagan joyda yangi stadion qurmoqchi.

Rad javobining berilishiga klublarning A Seriya, Kubok va Yevrokuboklardagi o‘yinlari tufayli “San-Siro”ni qayta ta’mirlashning iloji yo‘qligi sabab bo‘lgan. Bundan tashqari qayta ta’mirlashdan keyin tomoshabin sig‘imi pasayadi va buning natijasida klublar yiliga 35 million yevroga yaqin daromaddan quruq qoladi.

Buning o‘rniga ikki klub 60 ming tomoshabingga mo‘ljallangan yangi zamonaviy stadion qurishni mo‘ljal qilmoqda, unda stadion shovqinini 40 foizga pasaytirib beradigan qoplama ham bo‘ladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (14-09-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 76) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют