» » Tashnalikdan azob chekayotgan qirollik kobrasiga yelim idishda suv berishdi (video)

Tashnalikdan azob chekayotgan qirollik kobrasiga yelim idishda suv berishdi (video)


Hindistondagi qishloqlaridan birida suvsizlikdan qiynalayotgan qirollik kobrasi mahalliy aholi tomonidan qutqarib qolindi, unga idishda suv berishga jur’at topishdi. Bu haqda Mashable nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Ilon tasviri tushirilgan video bir sutka davomida 400 ming martadan ortiq tomosha qilindi.

Rolikda ilonning xotirjam suv ichayotgani, erkaklardan biri esa yelim butilkadan suv quyib turgani namoyish qilingan.

3,5 metr uzunligidagi kobra mahalliy qishloqlardan biriga suv ilinjida kelganida qutqarib qolingan.

Hozirda Hindistonning janubiy qismida uzoq vaqtdan beri davom etayotgan  kuchli qurg‘oqchilik nafaqat qishloq xo‘jaligi hamda o‘n minglab oilalarga, balki yovvoyi tabiatga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют