» » Bundesliga. “Borussiya D” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Bavariya” esa ochko yo‘qotdi (video)

Bundesliga. “Borussiya D” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Bavariya” esa ochko yo‘qotdi (video)


14-sentabr, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 4-turi doirasida 6 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Lyusyen Favr boshqaruvidagi Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Bayer”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida “arilar” yarim himoyachisi Marko Roys (50, 90) dublga erishgan bo‘lsa, Pako Alkaser (28) hamda Rafael Gerreyru (83) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.

Natijada “Borussiya Dortmund” “Bayer”ni yirik 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng dortmundliklarning ochkosi 9 taga yetdi va jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. 6-o‘rinda borayotgan “Bayer” hisobida esa 7 ochko mavjud.

Shu kuni Niko Kovach boshliq Myunxenning “Bavariya” klubi safarda “Leypsig” bilan bahsga kirishdi.

To‘qnashuvning 3-daqiqasidayoq “qizillar” hujumchisi Robert Levandovski hisobni ochgan bo‘lsa, 45-daqiqaga kelib mezbon jamoa yarim himoyachisi Emil Forsberg penaltidan unumli foydalanib, hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tariqa “Bavariya” mehmonda “Leypsig” bilan durang natija qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Myunxen klubi 8 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinni band qilib turibdi. “Leypsig” esa 10 ochko bilan yetakchiga aylandi.

Bundesliga

4-tur bahslari

13-sentabr, juma

Gollar: 1:0 — 16 Gisselmann, 1:1 — 29 Vegorst

14-sentabr, shanba

Gollar: 1:0 — 28 Pako Alkaser, 2:0 — 50 Roys, 3:0 — 83 Gerreyru, 4:0 — 90 Roys

Gollar: 1:0 — 40 Kvayson, 1:1 — 83 Gruyich, 2:1 — 88 Sen-Jyust

Gollar: 1:0 — 35 Rixter, 2:0 — 43 Niderlexner, 2:1 — 73 Pasiyensiya

Gol: 0:1 — 14 Plea

Gollar: 0:1—  5, penalti Klassen, 1:1 — 14, penalti Andersson, 1:2 — 55 Fyullkrug

Gollar: 0:1 — 3 Levandovski, 1:1 — 45, penalti Forsberg

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2019, 00:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 58) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют