» » O‘zbekistonda mart oyidan E-KONTRAKT 2 dasturiy ta’minotining yangi versiyasi ishga tushdi

O‘zbekistonda mart oyidan E-KONTRAKT 2 dasturiy ta’minotining yangi versiyasi ishga tushdi


O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida “Bojxonada interaktiv xizmatlar – tadbirkorlar uchun tayanch” mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi, deb xabar beradi O‘zA.

Tadbirda tadbirkorlik subyektlariga bojxona rasmiylashtiruviga doir bir qator qulayliklar yaratish maqsadida Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan hozirda 22 turdagi interaktiv xizmati amaliyotga joriy etilgani qayd etildi.

Shuningdek, matbuot anjumanida joriy yilning mart oyidan boshlab tashqi savdo shartnomalarini elektron shaklga o‘tkazishga mo‘ljallangan E-KONTRAKT 2 dasturiy ta’minotining yangi versiyasi ishga tushirilgani haqida ma’lumot berildi. Mazkur yangi dasturiy ta’minotda tadbirkorlar uchun shartnomalar ijrosi bo‘yicha barcha ma’lumotlarni, shu jumladan, bank tomonidan kiritilgan va bojxona yuk deklaratsiyasi bo‘yicha ma’lumotlarni bojxonaga murojaat etmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri internet orqali olish imkoniyati yaratildi. O‘tgan davrda ushbu xizmatdan 540 dan ziyod tadbirkor foydalangani ta’kidlandi.

Joriy yildan boshlab Davlat bojxona qo‘mitasining rasmiy veb-saytida “Bojxona kalkulyatori” interaktiv xizmati amaliyotga joriy etildi. Ushbu xizmat orqali bojxonada rasmiylashtirilishi rejalashtirilgan tovarning bojxona stavkalari va to‘lanishi lozim bo‘lgan qiymati haqida istagan vaqtda internet orqali ma’lumot olish mumkin.

“Joriy yilda tadbirkorlik subyektlariga bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarining ochiqligini ta’minlash maqsadida yana ikkita yangi xizmat amaliyotga joriy etildi. Bular ‘Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish’ hamda ‘Bojxona brokeriga tartib raqamini biriktirish’ interaktiv xizmatlaridir, — dedi Davlat bojxona ko‘mitasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tatbiq etish boshqarmasi boshlig‘i A.Saidov. — Endilikda bojxona chegarasidan o‘tishni rejalashtirgan fuqaro oldindan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirib bojxona organiga taqdim etishi yo‘lga qo‘yildi”.

Tadbirda bu yo‘nalishda kelgusida amalga oshirilishi kutilayotgan reja va loyihalar yuzasidan axborot berildi. Jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 109) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют