» » Malayziyaning Binary boshqaruv va tadbirkorlik universiteti Xorazmda filial ochishi mumkin

Malayziyaning Binary boshqaruv va tadbirkorlik universiteti Xorazmda filial ochishi mumkin


Malayziyaning Putrajaya shahrida mamlakat bosh vaziri Maxatxir Muhammad ishtirokida Binary boshqaruv va tadbirkorlik universitetining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali qabul bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qabul chog‘idagi chiqishida universitet rektori Jozef Adaykalam bosh vazir va mehmonlarga Toshkent moliya instituti bazasida qo‘shma fakultet ochilganini ma’lum qildi. Bu yerdagi tahsil yakunlanganidan so‘ng bitiruvchilarga ikki OTMning tegishli diplomi beriladi.

Shuningdek, Xorazm viloyatida universitet filiali ochilishi loyihasini muhokama qilish uchun 27-sentabr — 4-oktabr kunlari oliy o‘quv yurti delegatsiyasi O‘zbekistonga safar qilishini bildirdi.

Malayziya tomoniga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari Binary universiteti magistraturasida o‘qishi uchun umumiy summasi 100 ming dollarga teng 10 ta ta’lim granti ham ajratiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2019, 17:14)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют