» » Turkmanistonda mamlakatning eng yirik tadbirkori hibsga olindi

Turkmanistonda mamlakatning eng yirik tadbirkori hibsga olindi


Turkmanistonda Ashxobodning eng obro‘li tadbirkori Charimuhammad Kulov (Chari-Gosha) hibsga olindi, deb xabar beradi Fergana News.

Norasmiy manbalarda tarqalgan ushbu ma’lumotni mamlakat bosh prokurori Batir Atdayev tasdiqlagan.

13-sentabr kuni hukumat yig‘ilishida nutq so‘zlagan Batir Atdayevning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkor bir nechta mansabdor shaxslar bilan “davlat mulkini juda katta miqdorda talon-toroj qilish” yuzasidan kelishuvga erishgan.

“Turkmen.News” nashri Kulovni Ashxobodning eng obro‘li va boy tadbirkorlaridan biri deb ataydi. Manbalarning qayd etishicha, u ikki haftacha oldin hibsga olingan.

Nashrga ko‘ra, sentabr oyining boshida yirik mansabdor shaxslarning, xususan, Turkmanboshi neftni qayta ishlash majmuasi bosh direktori Yazmurad Muhammadmurodov va savdo vaziri Amandurda Ishanovning iste’foga chiqarilishi ushbu hibs bilan bog‘liq.

Charimuhammad Kulov va uning sheriklari, xususan, neft-gaz va kimyo mahsulotlarini arzon narxlarda sotish bilan bog‘liq firibgarlikda ayblangan. Bundan tashqari, unga qurilish materiallari savdosi va chet elga katta miqdordagi naqd pulni noqonuniy olib chiqish rejalari bo‘yicha soliqlarni to‘lamaganlik aybi qo‘yilgan.

Hamma figurantlarga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, ularning mol-mulki hibsga olingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют