» » Fuqarolar shikoyatiga binoan Moliya vazirligining 39 nafar xodimiga “hayfsan” berildi

Fuqarolar shikoyatiga binoan Moliya vazirligining 39 nafar xodimiga “hayfsan” berildi


2017-yil 20-mart holatiga ko‘ra, fuqarolardan g‘aznachilik va nafaqa, shuningdek, oylik maoshi va tender savdolarini o‘tkazish bilan bog‘liq savollar bo‘yicha Ishonch telefonlariga jami 288 ta murojaat kelib tushdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.

Ushbu murojaatlardan 285 tasi (ulardan 41 tasi 2016-yildagi murojaatlar) o‘rganilib, 88 tasi yoki 30,8 foizi tasdiqlandi. Ularni ko‘rib chiqish doirasida qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘ygan 39 nafar mas’ul shaxsga “hayfsan” berildi.

Moliya vazirligi Bosh nazorat-kuzatuv boshqarmasi ma’lum qilishicha, shikoyatlarni o‘rganib chiqish natijalariga ko‘ra, to‘rt murojaatga tegishli ma’lumotlar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan, ikkitasi bo‘yicha esa yuqori instansiyadagi shaxslar xabardor qilingan.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 07:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют