» » Superliga. “Bunyodkor” javobsiz 3 ta gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘ldi

Superliga. “Bunyodkor” javobsiz 3 ta gol o‘tkazib, mag‘lub bo‘ldi


15-sentabr, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 19-turi doirasida Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” klubi mehmonda “Qo‘qon-1912”ga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuv davomida Qo‘qon klubi vakillari Avaz Mamatxo‘jayev (4), Shahboz Erkinov (54), Murod Xolmuhammedov (60—penalti) tomonidan kiritilgan gollar “Qo‘qon-1912”ning “Bunyodkor” ustidan yirik hisobdagi g‘alabasini ta’minladi.

Mazkur bahsdan so‘ng  qo‘qonliklar ochkolari sonini 20 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Qaldirg‘ochlar” esa 31 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda.

Superliga

19-tur bahsi

15-sentabr, yakshanba

Gollar: 1:0 — 4 Avaz Mamatxo‘jayev, 2:0 — 54 Shahboz Erkinov, 3:0 — 60, penalti Murod Xolmuhammedov

“Qo‘qon-1912”: Islom Abdullayev, Jamshid Hasanov, Timur Hakimov (Quvondiq Ro‘ziyev, 63), Avaz Mamatxo‘jayev, Oybek Rustamov, Jahongir Ahmadov (Zafar To‘rayev, 82), Suhrob Berdiyev, Iqbol Malikjonov, Shahboz Erkinov (Otabek Haydarov, 61), Marko Milich, Murod Xolmuhammedov

“Bunyodkor”: Abdumavlon Abdujalilov, Islom Qobilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev (Suhrob Izzatov, 62), Xurshid G‘iyosov, Javohir Qahramonov, Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov (Nurillo To‘xtasinov, 46), Sarjar Qodirqulov, Shohrux Gadoyev, Abdulla Abdullayev (Yevgeniy Chumak, 69)

Ogohlantirishlar: Islom Qobilov (5), Lutfulla To‘rayev (23), Temur Hakimov (23), Javohir Qahramon (57), Avaz Mamatxo‘jayev (74), Anvar G‘ofurov (74), Xurshid G‘iyosov (84)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют