» » Xorazmda ayollarni axloqsizlikda ayblab, ularning suratlari va shaxsiy ma’lumotlarini tarqatgan shaxslar javobgarlikka tortildi

Xorazmda ayollarni axloqsizlikda ayblab, ularning suratlari va shaxsiy ma’lumotlarini tarqatgan shaxslar javobgarlikka tortildi


Ijtimoiy tarmoqlarda va Telegram messenjerida turli nomlar ostida sahifalar yaratib, ushbu sahifalarda pornografik mazmundagi audio, video va foto materiallarni joylashtirish holatlari qayd etilmoqda, deb xabar beradi Xorazm viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi.

Ayniqsa, xotin-qizlarning fotosuratlari va shaxsiy ma’lumotlari (ismi sharifi, yashash manzili, telefon raqami)ni ko‘rsatgan holda, ularni go‘yoki axloqan buzuqlikda ayblab chiqayotgan sahifalar kundan kunga ortib bormoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan yuqoridagi kabi noqonuniy ishlar bilan shug‘ullanuvchi shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan qonuniy choralar ko‘rish borasida tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 2019-yilning 23-iyul kuni Xorazm viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan bir guruh shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

“Ushbu jinoyat ishining dastlabki tergovi jarayonida xotin-qizlarni axloqsizlikda ayblab targ‘ib qilayotgan turli nomlar ostidagi kanallarning aksariyati oldindan jinoiy til biriktirgan bir guruh shaxslar tomonidan faoliyat yuritib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi. Eng achinarlisi ushbu jinoiy guruh tarkibida ayollarning ham borligidir.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, o‘zini Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchi shaxsning video murojaatida qayd etilgan mazmundagi arizasi ham Xorazm viloyatida IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilayotgan yuqoridagi jinoyat ishi doirasida ko‘rib chiqilmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (15-09-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют