O‘zbekistonda taxminan 2 mln aholi to‘yib ovqat yemayotgani rasman ma’lum qilindi
O‘zbekistonda 2018-yil holatiga ko‘ra aholi o‘rtasida umumiy to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushi 6,3 foizni tashkil etadi. Bu taxminan 2 million kishi, degani. Bu haqda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi loyihasida ma’lumot berilgan.
Jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan strategiya loyihasida ta’kidlanishicha, o‘zbekistonliklar orasida to‘yib ovqatlanmaydiganlar ulushini 2021-yilga borib 5 foizgacha, 2025-yilda 3 foizgacha qisqartirish, 2030-yilga borib esa oziq-ovqat tanqisligiga uchragan insonlar ulushini batamom tugatish rejalashtirilgan.
Avvalroq qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayev aholi suvni arzon bo‘lgani uchun isrof qilayotganini ta’kidlagani, shuningdek, yaqin kelajakda hokimlardan fermerlarga yer berish huquqi olib qo‘yilishini ma’lum qilgani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir: “Biz juda ko‘p go‘sht yeyapmiz”. O‘zbekiston fermerlar kengashi raisi Aktam Hayitov go‘sht narxi oshishiga izoh berdi
Manba: Daryo.uz