» » Namangan shahrining 2018—2020-yillar uchun o‘rta muddatli budjetini ishlab chiqish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Namangan shahrining 2018—2020-yillar uchun o‘rta muddatli budjetini ishlab chiqish bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi


O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Namangan, Jizzax va Toshkent viloyatlari moliya boshqarmalari mutaxassislari ishtirokida Namangan shahrining 2018—2020-yillarga mo‘ljallangan o‘rta muddatli budjetini ishlab chiqish bo‘yicha guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Namangan shahar hokimligi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Yig‘ilishda ishtirokchilar hududlar budjetini rejalashtirishning joriy holatini tahlil qilish, qonunchilik asoslari, amaliyoti, yutuqlari va kamchiliklari, shuningdek, rivojlangan davlatlarning hududlar budjetlarini rejalashtirish tajribasi, o‘rta muddatli budjet ishlab chiqish bo‘yicha tahlillar o‘tkazish va O‘zbekiston hududlarida qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berib, o’z fikr va mulohazalarini bildirdi.

Shuningdek, BMTTD loyihasi, Chexiya Respublikasi Moliya vazirligi va Buyuk Britaniya grantlari asosida joriy yilning aprel oyi boshida Chexiya Respublikasining budjet sohasida amalga oshirayotgan ishlari, budjetni o‘rta muddatli rejalashtirish bo‘yicha tajribalari bilan yaqindan tanishish maqsadida Chexiya Respublikasiga uyushtiriladigan o‘quv-amaliy tashrif bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Опубликовано: admin (30-03-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 83) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют