» » OAV: Kim Chen In Donald Trampni Pxenyanga taklif qildi

OAV: Kim Chen In Donald Trampni Pxenyanga taklif qildi


Shimoliy Koreya yetakchisi AQSh bilan muzokaralarning uchinchi raundini o‘tkazish uchun Donald Trampga maktub yo‘llab, uni Pxenyanga taklif qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.

Ta’kidlanishicha, taklif Amerika prezidentiga avgust oyida berilgan maktub ichiga yozilgan bo‘lgan.

Tramp ushbu maktubga javob qaytargan yoki qaytarmagani noma’lum.

Avvalroq, AQSh prezidenti joriy yilning oxiriga qadar KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan yana bir bor uchrashish niyatida ekanligini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh prezidenti va KXDR yetakchisining bundan oldingi uchrashuvi iyun oyida Janubiy va Shimoliy Koreya chegarasidagi qurolsizlangan hududda bo‘lib o‘tgandi. Uchrashuv yakunlarida ikki mamlakat yetakchilari muzokaralarga oid vaziyatni bartaraf etuvchi ishchi guruhni tuzishga kelishib olgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 49) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют