» » Germaniya startapi uchuvchisiz aerotaksi loyihasi uchun Xitoy kompaniyasidan 50 mln yevro jalb qildi

Germaniya startapi uchuvchisiz aerotaksi loyihasi uchun Xitoy kompaniyasidan 50 mln yevro jalb qildi


Germaniyaning Volocopter (sobiq E-volo) startapi uchuvchisiz aerotaksi loyihasi uchun 50 million yevro jalb qildi. Bu haqda “VS.ru” xabar bermoqda.

Investitsiyalar borasida Geely va Volvo avto ishlab chiqaruvchilariga egalik qiladigan Xitoyning Zhejiang Geely Holding Group kompaniyasi yetakchilik qildi. Kelishuvda, shuningdek, loyihaning AQSh, Yevropa va Osiyodagi yangi va mavjud investorlari ham ishtirok etgan.

Mazkur muzokaralarning oxirgi raundini ham hisoblaganda Volocopter startapga asos solingan 2011-yildan beri 81 million yevro (jumladan, Intel va Daimler mablag‘lari ham) to‘plashga erishdi.

Volocopter jalb qilingan mablag‘larni 2021-yilgacha mo‘ljallangan aerotaksi tijoriy reyslarini ishga tushirishga tayyorgarlik uchun sarflaydi.

Shuningdek, kelishuv doirasida startap va Geely Xitoyda aerotransport uchun ekotizimni rivojlantiradigan qo‘shma korxonani yaratadi.

Joriy yil 21-avgust kuni Volocopter o‘zining ilk tijoriy aerotaksisi — VoloCity’ni taqdim etgandi. Kompaniya vakillariga ko‘ra, ushbu transport soatiga 110 kilometr tezlikda ikki kishini 35 kilometrgacha eltishi mumkin. Avgust oyi oxirida kompaniya Xelsinki aeroportida prototiplaridan birining sinov parvozini ham amalga oshirgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют