» » Ilhom Fayzullayev Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi

Ilhom Fayzullayev Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi


Mayor Ilhom Fayzullayev Toshkent shahar IIBB Tashkiliy boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ilhom Fayzullayev 1981-yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan. 2003-yilda Toshkent davlat yuridik instituti (hozirgi Toshkent davlat yuridik universiteti)ni tamomlagan. Ichki ishlar organlarida xizmatni 2008-yilda Yunusobod tumani IIB (hozirgi Yunusobod tumani IIO FMB) Tergov bo‘limi tergovchisi sifatida boshlagan.

2010—2016-yillarda Yunusobod tumani IIB Tergov bo‘limi bo‘linmasining katta tergovchisi, o‘ta muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchi bo‘lib xizmat qilgan. 2016-yildan 2017-yilning may oyigacha Mirobod tumani IIB (hozirgi Mirobod tumani IIO FMB) Tergov bo‘limi bo‘linmasiga boshliq bo‘lgan. 2017-yil mayidan 2018-yil martiga qadar Chilonzor tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari — surishtiruv bo‘linmasi boshlig‘i sifatida ishlagan.

2018-yil martidan 2019-yilning apreligacha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i, Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB 8-son Ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i, Toshkent shahar Yunusobod tumani bo‘yicha IIO FMB 4-son ichki ishlar bo‘limi Tergov bo‘linmasi boshlig‘i lavozimlarida xizmat olib borgan.

2019-yilning aprel oyidan avgustga qadar Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig‘i o‘rinbosari — TB tergov bo‘linmalari faoliyatini tahlil qilish bo‘linmasi boshlig‘i sifatida ishlagan.

Avvalroq podpolkovnik Dilmurod Mirsodiqov Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Ahmadjon Fozilov esa poytaxt IIBBning Moliyaviy va moddiy-texnikaviy ta’minoti boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют