» » Sankt-Peterburgdagi kafelardan birida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi

Sankt-Peterburgdagi kafelardan birida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi


Sankt-Peterburgda Burger King kafesining yordamchi xonasida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda “Komsomolskaya pravda” xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 14-sentabr, shanba kuni fastfud restoranining direktori ishga kelgan va yordamchi xonaga yo‘l olgan, ammo eshik ichkaridan qulflangan bo‘lgan. U bir soat davomida xonaga kirishga uringan hamda o‘sha yerda bo‘lishi kerak bo‘lgan xodimning uyali telefoniga qo‘ng‘iroq qilgan.

Eshik ochilganda esa u yerdan restoran oshpazi, 26 yoshli o‘zbekistonlik erkakning jasadi topilgan.

Politsiya videokuzatuv kameralaridagi yozuvlar, restoranda bo‘lgan oshpazning buyumlari hamda pichoqlarini olgan. Ma’lum bo‘lishcha, yordamchi xonaning eshigini faqat ichkaridan yopish mumkin bo‘lgan. Kafega bostirib kirish va janjal belgilari aniqlanmagan.

Holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlarining taxminicha, marhum oshpazning ishida jinoiy omil bo‘lmasligi ham mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (16-09-2019, 22:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 63) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют