» » Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringizni himoya qilishning 3 ta oddiy usuli

Ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlaringizni himoya qilishning 3 ta oddiy usuli


Ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifalaringizni yovuz niyatli xakerlar hujumidan himoya qilish uchun quyidagi oddiy maslahatlarga amal qiling.

Ikki faktorli avtorizatsiya ishlaganda tarmoq paroldan tashqari SMS-xabar yoki kodlarni yaratib beruvchi dasturdagi maxsus kodni kiritishni so‘raydi. Himoyaning ikkinchi faktori mana shudir. Ikki faktorli avtorizatsiya qanday yoqiladi?

Facebook

Sozlamalar bo‘limiga o‘tib, “Xavfsizlik” vkladkasini tanlang. “Kirishni tasdiqlash”ga bosing va ikki faktorli autentifikatsiyani yoqing.

Instagram

Sozlamalardagi “Akkaunt” bo‘limiga o‘tib, “Ikki faktorli autentifikatsiya”ga kiring va “Xavfsizlik kodini talab qilish” bandini yoqing.

“Odnoklassniki”

Sozlamalarni oching, “Asosiy” vkladkasiga o‘ting va “Ikki yoqlama himoya” bandini tanlang.

Ishlab chiquvchilar ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlar uchun maxsus dasturlarni yaratadi. Ammo begona dasturlardan foydalanish tavsiya etilmaydi, faqat rasmiylarini ishlating. Ijtimoiy tarmoq orqali tezkor kirishni amalga oshirish kerak bo‘lsa, ishonchlilarinigina tanlang. Va, asosiysi, qaysi dasturlarga profilingizda ruxsat berilganini tekshiring va ma’lumotlaringizdan foydalanish uchun ruxsatni sozlang.

Facebook

Sozlamalarni oching, “Dasturlar” vkladkasini tanlang — sizning Facebook’dagi akkauntingizdan foydalanadigan dasturlar ro‘yxati paydo bo‘ladi. Shunda ushbu dasturlar qanday ma’lumotlardan foydalanishi mumkinligini belgilashingiz mumkin.

Instagram

Instagram’ning veb-versiyasini oching va o‘z profilingiz sahifasiga o‘ting. “Profilni tahrirlash”ni bosing va “Ruxsat berilgan dasturlar” vkladkasini tanlang.

“Odnoklassniki”

Sozlamalarga kirib, “Begona dasturlar” vkladkasini oching. “Odnoklassniki”dagi akkauntingiz ma’lumotlaridan foydalanuvchi dasturlar aks etadi.

Facebook

Shaxsiy ma’lumotlarning privatligini sozlash uchun “Maxfiylik”, “Xronika va belgilar” va “Hammabop postlar” bo‘limlardan foydalaning.

Instagram

Instagram’da sizning akkauntingizni boshqa foydalanuvchilarga tavsiya qilish mumkin yoki mumkin emasligini ko‘rsatish kerak. Buni servisning veb-versiyasida, sozlamalarning “Profilni tahrirlash” bo‘limida qilish mumkin.

“Odnoklassniki”

Sozlamalardagi “Oshkoralik” bandini tanlang.

Manba: “Layfxaker”

Опубликовано: admin (30-03-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 60) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют